Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bir qator OAV va jurnalistlar Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida Rossiyaga qarshi ishda yutib chiqdi

Bir qator OAV va jurnalistlar Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudida Rossiyaga qarshi ishda yutib chiqdi

Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilingan 107 nafar shaxs va tuzilmaning Rossiya rasmiylariga qarshi da’vosi yuzasidan qaror chiqardi. Da’vogarlar orasida bloger Yuriy Dud, siyosatshunos Yekaterina Shulman, “Mejdunarodniy memorial” inson huquqlari jamiyati, “Ozodlik” radiosi, “Dojd” telekanali, The Insider nashri, shuningdek, “Proyekt”, “Vajnie istoriy" va “Mediazona” nashrlarining jurnalistlari bor.

"Rossiyaning “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonuni chalg‘ituvchidir. Shuningdek, uning maqsadi “shaffoflik yoki qonuniy milliy xavfsizlik muammolarini hal qilish o‘rniga jazolash va qo‘rqitishdan iborat. Rossiya Federasiyasi yetkazilgan zarar uchun tovon to‘lashi shart", deyiladi sud qarorida.

Qayd etilishicha, eng katta tovon “Ozodlik” radiosi uchun tayinlangan bo‘lib, moddiy zarar uchun 955 440 yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, ma’naviy zararni qoplash uchun Rossiya arizachilarga moddiy zararni qoplash va sud xarajatlarini to‘lashni hisobga olmaganda, besh mingdan o‘n ming yevrogacha to‘lashi kerak.

Kiritildi: 21:55 22.10.2024. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!