O‘zbekistonlik fuqaro O.J. joriy yilning may oyida ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga turmush o‘rtog‘ining yoniga borgan hamda iyun oyida qiz farzandli bo‘lgan.
Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra O.J.ning umr yo‘ldoshi hibsga olingan. Bir oylik chaqalog‘i bilan og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan vatandoshimiz O.J. Agentlikning Yekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.
Holat o‘rganilib, yurtdoshimiz Yekaterinburgdagi "Kolsovo" xalqaro ayeroporti orqali Yekaterinburg-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.