Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bir bemor o‘ldi: Meksika koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirmoqda

Bir bemor o‘ldi: Meksika koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirmoqda

Payshanba kuni Meksikadagi vazirliklar mamlakatda koronavirus epidemiyasining oldini olish choralari doirasida vazifalarini bajarishni to‘xtatadi, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining o‘rinbosari Ugo Lopez.

"Vazirlik rahbarlari qaysi faoliyatni davom ettirish kerakligini va nimani kechiktirish lozimligini aniqlaydilar", dedi Lopez.

Rasmiyning ta’kidlashicha, davlat muhim funksiyalarini bajarishda davom etadi va asosiy qaror qabul qiluvchilar o‘z joylarida qoladilar.

"To‘xtatib bo‘lmaydigan muhim vazifalar mavjud, chunki bizga kasalxonalar, yoqilg‘i, energiya, tozalash va jamoat xavfsizligi kerak", - deya tushuntirdi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining o‘rinbosari.

O‘tgan kun davomida mamlakatda koronavirusga chalingan 70 ta bemor aniqlandi, bemorlarning umumiy soni 475 taga etdi. Oltinchi keksa bemor organizmidagi boshqa og‘ir xastaliklar tufayli vafot etdi. Bemorlarning 10 foizdan kamrog‘i kasalxonaga yotqizilgan, ularning aksariyati barqaror holatda.
 

Kiritildi: 10:04 26.03.2020. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!