Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi «Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino hamda inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan yong‘in auditini o‘tkazishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 679-son qarori qabul qilindi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarning 2024 yil 1 yanvardan boshlab yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholash tartibi (yong‘in auditi) joriy etiladi.
Hujjat bilan quyidagilarni belgilovchi Yong‘in auditini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligiga muvofiqligini baholash natijalari bo‘yicha xulosaning amal qilish muddati – bir yil.
Shuningdek, hujjat bilan Yong‘in auditorlik tashkilotining mutaxassislarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sertifikatlangan mutaxassis – muvofiqlikni baholash sohasi bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma, amaliy ish tajribasi va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda FVV Akademiyasida o‘quv dasturini tamomlagan va belgilangan tartibdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxs.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2023 yildan kuchga kirdi.