Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Binance rasman O‘zbekistonda ish boshladi

A A A
Binance rasman O‘zbekistonda ish boshladi

O‘zbekistonda Binance kriptobirjasi rasman ish boshladi. Bu haqda Coinpay matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu xizmatning ishga tushirilishi O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida va Coinpay hamda Binance o‘rtasidagi hamkorlik natijasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilgan.

Endi foydalanuvchilar kripto-aktivlar bilan xavfsiz va qulay operasiyalarni amalga oshirishlari, milliy valyutada bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘ kiritish va yechib olish imkoniyatiga ega.

Kriptobirja O‘zbekistonda ishlash uchun 15 yanvar kuni ruxsat olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Binance kriptobirjasiga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligi, xususan, kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan so‘ng, tegishli da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.

2024 yilning 26 martidan 7 iyuniga qadar javobgar (Binance kriptobirjasi) vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga ko‘ra, sud agentlikning arizasini to‘liq qondirish hamda kriptobirjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan jarimani O‘zbekiston byudjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan.

Binance kriptobirjasi sudning barcha talablarini bajarganligini hamda jarimani qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat byudjetiga to‘liq to‘lagan.

Kiritildi: 17:35 28.01.2025. O'qildi: 2067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!