Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bilimni baholash agentligi tomonidan diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Kiritildi: 20:12 08.12.2023. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!