Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Beterbiyev Bivol ustidan g‘alaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi (video)

Beterbiyev Bivol ustidan g‘alaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi (video)

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Markaziy jangda yarim og‘ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi, rossiyalik Artur Beterbiyev mazkur vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi bo‘lib turgan hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang 12 raund davom etdi va Beterbiyevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Beterbiyev professional boksdagi 21-g‘alabasini nishonladi. Bu uning muddatidan oldin tugamagan birinchi jangi hisoblanadi. Shu tariqa Beterbiyev oltita kamar sohibiga aylandi — WBA, WBO, WBC, IBF, IBO, The Ring.

Uning raqibi Bivol o‘zining birinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. Janggacha u 23 ta jangda g‘alaba qozongan (12 tasini nokaut bilan) edi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!