Rossiyada maktab o‘quvchisi beshinchi etajdan tushib ketib, tirik qoldi.
Vladikavkazda beshinchi qavatdan qulagan maktab o‘quvchisining jarohati bilan bog‘liq holatlar tekshirilmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasining Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar berdi.
12 yoshli maktab o‘quvchisi xonada singlisi bilan o‘ynab, derazaga chiqib ketgan, bola beshinchi qavatdan qulagan. Jabrlanuvchi tirik qoldi va ko‘plab jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.
Uning ahvoli haqida tafsilotlar noma’lum. Mazkur holat yuzasidan Respublika tergov qo‘mitasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.