Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Besh vaqt namoz o‘qish fazilati (40 ta)

Besh vaqt namoz o‘qish fazilati (40 ta)

1. Namoz o‘quvchi kishining namozi qilgan yaxshiliklariga dalil bo‘ladi.

2. Namoz o‘quvchi kishining yuzi chiroyli, nurli bo‘ladi.

3. Namoz – mo‘min qalblar nuridir.

4. Namoz – badan rohatidir.

5. Namoz – mo‘minga qabrda ulfat bo‘ladi.

6. Namoz o‘quvchi kishiga Allohning rahmati avval tushadi.

7. Namoz – osmon eshigining kalitidir.

8. Namoz o‘qigan kishidan Alloh rozi bo‘ladi.

9. Namoz o‘qish bilan jannat yo‘li ochiladi.

10. Namoz – do‘zaxga parda bo‘ladi.

11. Namoz – mo‘min kishining obro‘yi.

12. Namoz o‘qigan kishining duosi tezroq qabul bo‘ladi.

13. Namoz o‘qigan kishining umri uzun bo‘ladi.

14. Namoz o‘qigan kishining rizqi ulug‘ bo‘ladi.

15. Namoz – qiyomatda boshga toj bo‘ladi.

16. Namoz o‘qishlik bilan bandalik bilinadi.

17. Namoz – Islomning buyrug‘i.

18. Namoz o‘quvchi kishining yo‘li yorug‘ bo‘ladi.

19. Namoz bilan iymon mustahkam bo‘ladi.

20. Namoz o‘quvchining dushmani, namoz sharofati bilan do‘st bo‘ladi.

21. Namoz o‘qigan kishining qabri yorug‘ bo‘ladi.

22. Namoz o‘qigan kishining jon berish vaqti oson kechadi.

23. Namoz o‘qib yurgan kishining mushkuli doim yengil bo‘ladi.

24. Namoz o‘quvchi kishining yaxshi amallari qabul bo‘ladi.

25. Namoz – farishtalarning muhri, qilgan amallarning tasdig‘idir.

26. Namoz – Munkar va Nakirga hujjat bo‘ladi.

27. Namoz – meroj, mo‘minning Alloh taolo bilan so‘zlashadigan joyi.

28. Namoz – mezon tarozisiga vazmin o‘tiradi.

29. Namoz – qiyomatda nur bo‘ladi.

30. Namoz – gunohkorlarning yordamchisi.

31. Namoz o‘quvchini jannat sog‘inib, kutib turadi.

32 Namoz – mo‘minning maqtov unvoni.

33. Namoz – musulmonlik belgisi.

34. Namoz – jannatning kaliti.

35. Namoz – o‘quvchi kishini Alloh taolo har qanday dardu kasalliklardan saqlab, qaytarib turadi.

36. Namoz o‘quvchi kishining duolaridan o‘tkan avlodu ajdodi nasibador bo‘ladi.

37. Namoz o‘qigan kishi jon berarda Alloh xohlasa, tashnalik va muhtojlik ko‘rmaydi.

38. Namoz o‘qigan kishining ikki dunyosi saodatli bo‘ladi.

39. Namoz o‘qigan kishining ohiratda qabrdan turishida. Alloh xohlasa jannat ahli sifatida turadi.

40. Namoz o‘qigan kishining qabriga Alloh xohlasa ilon, chayonlarni kiritmaydi.

Ha darhaqiqat barchalarimizni Alloh subhanahu va taolo ushbu yuqorida zikr qilingan qirqta amal fazilatdan Namoz va duolarimiz sharofatidan nasibador qilsin.

Abobakir domla SULAYMONOV

Marhamat tumani faoliyatidagi
«Marhamat» jome masjidi imom-xatibi.

Azon.uz

Kiritildi: 13:56 11.08.2018. O'qildi: 8092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!