Bermurd uchburchagi Atlantika okenining bir chetida joylashgan. Uning bir uchi Bermud orolida, ikkinchi uchi Florido, uchinchi uchi esa Puerto-Rikoning Mayami orollariga borib tutashadi. Bu yerda necha zamonlardan beri g‘aroyib hodisalar sodir bo‘lmoqdaki, ularning siri hanuz noma’lum. Bu xususda olimlar xilma xil fikrlar bildirishyapti.
Ayrim olimlarning fikricha, bundan 11 ming yil avval bu yerga olis koinotdan qudratli elektromagnit kuchiga ega juda katta meteroit tushgan. Uning ta’sirida bu hududdan uchib o‘tgan samolyotlarning elektr apparatlari va dvigatellari ishdan chiqar ekan. Oqibatda ular boshqaruvini yo‘qotib, dengizga qularkan.
Bermurd uchburchagida nega ko‘plab kemalarning halokati kuzatilyapti?
Olimlarning aytishicha, bu yerdagi dengiz tubidadan gidrat metan gazi ajralib chiqadi va gaz to‘la pufakchalar hosil qiladi. Gidrat metan gaziga to‘lgan pufakchalar yorilishi natijasida dengizda katta voronkalar hosil bo‘lib kemalarni suv ostiga yutib yuborar ekan. Yana bir afsonasimon taxminga ko‘ra, dengiz ostida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor emish.
Bermurd uchburchagining yana bir sirli tomoni shundaki bu yerda kompuslar ishlamaydi, soatlar to‘xtab qoladi. Bu joy go‘yoki bizni o‘zga dunyo bilan bog‘lab turgan darvozaga o‘xshaydi. Bu yerdagi vaqt bizning yerdagi vaqtimizdan farq qiladi. Shu boisdan bu yerda vaqt tuynugi borligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan.
1970 yilda Florido orolidan Peymin oroliga uchgan samolyot Bermurd uchburchagi tepasidan uchib o‘tayotgan paytda vaqt tuynugiga duch keladi va uning ichidan o‘tib Mayami shahriga borib qoladi. Uchuvchining aytishicha, u bir necha soatlik masofani tuynuk orqali bir necha daqiqada uchib o‘tgan.
Bermurd uchburchagida tez tez bo‘ron va to‘fonlar bo‘lib turadi.Kuchli shamollar bu yerdan uchib o‘tayotgan samolyotlar yoki suzib ketayotgan kemalar uchun juda xatarli.
To‘lanboy Abdusattarov tayyorladi.