Germaniya polisiyasi Berlindagi Falastin tarafdorlari namoyishi chog‘ida 111 kishini vaqtincha hibsga oldi.
Bunday ma’lumotlar Germaniya poytaxti huquq-tartibot idoralari saytida e’lon qilingan xabarda keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, namoyish shanba kuni Kurfyurstendamm bulvari yaqinida bo‘lib o‘tgan va unda 500 ga yaqin odam qatnashgan.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida 54 nafar ayol va 57 nafar erkak bor. Xususan, badanga shikast yetkazish, millatlararo adovatni qo‘zg‘atish, terrorchilik tashkilotlari ramzlarini ko‘rsatish, jamoat tartibini buzish kabi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib, 21 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi xabarda.