Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Berlin: Moskva Budapesht memorandumiga amal qilmayapti

Berlin: Moskva Budapesht memorandumiga amal qilmayapti

Moskva Budapesht memorandumiga amal qilmayapti.

Bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili o‘rinbosari Volfgang Byuxner ma’lum qildi. "Biz har kuni Rossiya Federasiyasi Ukraina yadro qurolidan voz kechgan kelishuvni buzayotganini ko‘rmoqdamiz", deya ta’kidladi siyosatchi.

"Ukraina o‘zining hududiy yaxlitligi va suverenitetini saqlab qolish kafolati evaziga yadro quroliga ega bo‘lgan va undan voz kechgan yagona davlat hisoblanadi, ammo Rossiya Budapesht memorandumini oyoq osti qilmoqda", deydi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi.

Avvalroq Volodimir Zelenskiy Rossiya Budapesht memorandumini buzayotgani haqida gapirgan edi. Ushbu hujjat 1994 yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitida Ukraina, Rossiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan imzolangan.

Kiritildi: 10:45 19.10.2024. O'qildi: 1037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!