Karim Benzema «Real»dagi sobiq jamoadoshi Vinisius Junior bilan uchrashuvda unga qanday maslahatlar berganini aytdi.
«Men unga tanqidchilarga e’tibor bermaslikni va tempni tushirmaslikni aytdim.
Vinisius — jahonning eng yaxshi futbolchilaridan. U bir kun kelib «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi», — deya fransiyalik hujumchining so‘zlarini keltiradi Marca.