Rossiyalik nevrolog, tibbiyot fanlari doktori Oleg Vinogradov koronavirusning belgisiz ko‘rinishi fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida gapirdi. Bu haqda u "360" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar bemor o‘zini yaxshi his qilsa ham shifokor chaqirishi kerak, ammo koronavirusga chalingani haqida uni oldindan ogohlantirishi lozim. Shifokor bemorning ahvolini, mumkin bo‘lgan asoratlarga tayyorgarlik ko‘rish kerak yoki kerak emasligini aniqlashga yordam beradi.
Koronavirus hozir hech bir alomatsiz, simptomsiz o‘tsa ham, 5 va hatto 10 yildan keyin salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Siz buni futbolchining holatiga taqqoslashingiz mumkin. Uning oyog‘i shikastlandi, ammo og‘riq yo‘q. U o‘ynashda davom etadi. Ammo keyinchalik ana shu og‘riq asorati sezilishi mumkin", dedi mutaxassis.
Bunday oqibatlarning jiddiyligi to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi qanchalik og‘ir bo‘lganiga, shuningdek immunitet tizimining virusni yengish uchun qancha harakat qilganiga bog‘liq bo‘ladi.