“Shimol” kuchlar guruhi Belgorod yo‘nalishidagi Sumi viloyatidagi Marino, Petrushevka va Ugroyedi aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining og‘ir mexanizasiyalashgan brigadasi, ikkita havo-desant-hujum brigadasi va ikkita hujum polkiga zarba berdi.
Ukraina Qurolli Kuchlari 70 dan ortiq harbiy xizmatchi, 3 ta tank, 2 ta BMP, 11 ta zirhli jangovar mashina, 3 ta muhandislik mashinasi, 7 ta yengil avtomobil va to‘rtta artilleriya qurolini yo‘qotdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
18-19 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Belgorod viloyatiga bostirib kirishga uringan edi.