Belgiya Ukrainaga bir milliard yevrolik yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda Tijd nashri Belgiya mudofaa vaziri Teo Frankenning so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Kiyev 20 ta zamonaviylashtirilgan Cerber havo mudofaa tizimi, yangi to‘p minorali Leopard tanki, 16 mingdan ortiq qurol-aslaha, yuzga yaqin zirhli tez yordam mashinalari va Unimog transport vositalari, beshta uchuvchisiz dengiz kemasi, dronlar, dubulg‘alar, tibbiy jihozlar, dronlarni aniqlash uchun ko‘chma vositalar, tungi ko‘rish ko‘zoynaklari, shuningdek, kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy ta’sirlardan himoyalovchi kiyimlar oladi.
Ta’kidlanishicha, umumiy summaning yarmidan ko‘pi - 650 million yevro Belgiya qurol-yarog‘larini xarid qilishga yo‘naltiriladi.