Lukashenko Belarusdagi “adolatli diktatura” haqida ma’lum qildi.
"Belarusda haqiqatan ham diktatura hukm surmoqda. Ammo bu adolatli diktatura: barqarorlik, xavfsizlik, tartib, mehribonlik va mehmondo‘stlikdir", — deya ta’kidladi Lukashenko .
Uning fikricha, Belarusga vizasiz kirgan millionga yaqin odam buni tasdiqlashi mumkin.
"Davlat rahbari respublika eng adolatli mamlakat bo‘lishi uchun hamma narsani qilishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Lukashenko.