Bugun, 5 yanvar kuni soat 14:40 da Tosheknt shahar Bektemir tumani “H.Bayqaro” MFY H.Bayqaro ko‘chasida joylashgan korxonalarning biridagi sexda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:51 da qurshab olingan va soat 14:57 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida sexning taxminan 35 kv.m maydonida penopolistirol mahsulot chiqindilari yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.