Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bektemir Meliqo‘ziyev 10 avgust kuni Las-Vegasdagi boks oqshomida ringga ko‘tariladi

Bektemir Meliqo‘ziyev 10 avgust kuni Las-Vegasdagi boks oqshomida ringga ko‘tariladi

Ikkinchi o‘rta vazn toifasi WBA reytingida 5-o‘rinni egallab turgan 28 yoshli Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini 10 avgust kuni o‘tkazadi.

Lekin hozircha uning raqibi aniq emas. Bektemir ishtirokidagi jang AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomidan o‘rin oladi. Ushbu turnirning markaziy jangida Verjil Ortis Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqadi.

Katta ehtimol bilan charm qo‘lqop ustamizning raqibi Top-10 reytingidan joy bokschi bo‘ladi. Yana bitta g‘alaba Bektemirni chempionlik kamari uchun yaqinlashtiradi. Ammo hozircha Top-10`dagi raqiblar Meliqo‘ziyev bilan jangdan qochishyapti.

Kiritildi: 09:43 06.07.2024. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!