Savol:
Muhtaram ustoz! Muayyan masalada sizdan boshqacha, boshqa bir olimdan esa umuman boshqacha hukm eshitsam, rosti ikkilanib qolaman. Masalan, siz ayollar bilan qo‘l berib so‘rashishga ruxsat bermaysiz. Ammo ba’zi olimlar uning joizligini aytadi. Men muqallidman: sizga ham, boshqa olimga ham ishonaman. Muhtaram zot, uzr, men faqatgina to‘g‘ri yo‘lni topish uchun shu savolni beryapman. Sizdan duo so‘rayman va sizni Alloh yo‘lida yaxshi ko‘raman.
Javob:
Siz fatvo berayotgan olimdan gapiga aniq dalil so‘rashingiz lozim. Misol uchun unga: Bu boradagi fiqhiy dalilni aytish ila menga ikrom eta olasizmi? deyishingiz mumkin. Begona ayol bilan qo‘l berib so‘rashishga kelsak, hukmning dalili Imom Buxoriyning Oisha (roziyallou anho)dan rivoyat qilgan quyidagi hadisdir: Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llariga hech ham begona ayolning qo‘li tegmagan. Fath kuni ayollardan bay’at olganlarida ham qo‘l berib emas, so‘z orqali bay’at qabul qilganlar .
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy
Saralangan fatvolar
Manba: azon.uz