Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bedarak yo‘qolgan 18 yoshli talaba qizning jasadi topildi: o‘lim sababi nima?

Bedarak yo‘qolgan 18 yoshli talaba qizning jasadi topildi: o‘lim sababi nima?

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida bedarak yo‘qolgan 18 yoshli talaba qiz Aygul Amangeldining jasadi topildi, deya xabar beradi viloyat polisiya departamenti matbuot xizmati. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, qizning jasadi 19 may kuni kechqurun Talgar tumanidagi Belbuloq qishlog‘idagi tepalikdan topilgan.

Qarindoshlari qizning jasadini tanidi, tanada o‘limga sabab bo‘lgan tashqi zo‘ravonlik alomatlari yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz o‘z joniga qasd qilgan, deya xabar beradi mahalliy OAV polisiyaga tayangan holda. Sud-tibbiyot ekspertizasi o‘limning aniq sababini aniqlab beradi . O‘limga olib borish moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda, deya xabar beradi polisiya.

Aygul Amangeldi 13 may kuni Talgar tumanining Belbuloq qishlog‘ida joylashgan uyidan chiqib ketgan. OAV xabariga ko‘ra, o‘sha kuni u mahalliy oliy ta’lim dargohiga imtihon topshirish uchun Olmaota tomon yo‘lga chiqqan, ammo oliy ta’lim dargohida ko‘rinmagan. Bedarak ketgan qizni qidirish borasida polisiya 15 may kuni e’lon berdi. Qizning qarindoshlari va ko‘ngillilar uydan to o‘qishgacha bo‘lgan yo‘lda qidiruv ishlarini olib bordi.

Kiritildi: 15:22 20.05.2019. O'qildi: 6309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!