Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

BBC: Suriyada diniy ziddiyat avj oldi

BBC: Suriyada diniy ziddiyat avj oldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Xabar berilishicha, Suriyaning asosan druzlar yashaydigan As-Suvayda shahrida badaviy qabilalar va mahalliy qurolli guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda 100 dan ortiq inson yaralandi. Shaharga yuborilgan Suriya xavfsizlik kuchlari ham yo‘qotishlarga uchragan, ularning olti nafari halok bo‘lgan.

"Bu As-Suvayda shahrining o‘zida ro‘y bergan birinchi diniy to‘qnashuv hisoblanadi. Bu shahar asosan druzlar yashaydigan viloyatning markazi hisoblanadi", deya xabar bermoqda BBC.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar bir necha odam, jumladan, juma kuni Damashqni As-Suveyda bilan bog‘laydigan shosseda bir druz savdogarining o‘g‘irlanishidan so‘ng boshlangan. Qurollangan badaviy qabila a’zolari shaharning g‘arbiy va shimoliy chetida joylashgan druz qishloqlariga ham hujum qilgan. To‘qnashuvlar tufayli Damashq— As-Suvayda shossesi to‘sib qo‘yilgan.

Suriya Ichki ishlar vazirligi As-Suvaydada nizoni bartaraf etish uchun operasiya boshlashini ma’lum qildi hamda druzlardan xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishni so‘radi.

Kiritildi: 19:01 14.07.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!