AQSh Milliy ob-havo xizmati yaqin kunlarda mamlakatning markaziy qismida boshlangan qor bo‘roni sharqqa siljishini taxmin qilmoqda.
Rekord miqdorda qor yog‘ishi va harorat keskin pasayishi kutilmoqda. Missisipi va Florida kabi janubiy shtatlarda ham xavfli ob-havo sharoiti kutilmoqda. Meteorologlar buni “qutb girdobi” tabiiy hodisasi bilan bog‘lashmoqda.
AQShning markaziy qismida joylashgan shtatlarda "kundalik hayotning sezilarli darajada buzilishi" va xavfli yo‘l sharoitlari kuzatilishi taxmin qilinmoqda. Kanzas va Indiana shtatlarining ba’zi hududlarida 20 sm gacha qor yog‘ishi mumkin.
O‘rta G‘arb mintaqasida qor bo‘roni, ba’zi shtatlarda muzlamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Sharqiy sohil hududi ham qorli ob-havoga tayyorlanmoqda.
Aviakompaniyalar mumkin bo‘lgan uzilishlar tufayli parvoz vaqti o‘zgarishlari uchun to‘lovlardan voz kechmoqda. Yog‘ingarchilik dushanba kuni tugashi kutilayotgan bo‘lsa-da, seshanba kuni past harorat boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.