"Toshshahartransxizmat" AJ Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi jamoat transportlari qay tartibda harakatlanishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning "2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga binoan, "Navro‘z" bayramini nishonlash maqsadida 18-22-mart kunlari dam olish kunlari etib, 11 va 25-mart kunlari esa ish kunlari etib belgilandi.
Shu munosabat bilan ushbu kunlarda jamoat transporti faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi
🔹2023-yil 18-mart, shanba - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔹2023-yil 19, 20, 21, 22-mart- dam olish kunlari. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
🔹2023-yil 25-mart - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.