AQSh prezidenti Jo Bayden Michiganga safari chog‘ida elektr transport vositalari ishlab chiqaradigan Ford zavodiga tashrif buyurdi.
Oq uy rahbari butunlay yangi elektromobilni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi va mashinani o‘zi boshqarib ko‘rdi.
Ford o‘zining F-150 Lighting elektromobilini 19-may, chorshanba kuni rasman namoyish etdi, bu eng ko‘p sotilgan pikapning to‘liq elektr versiyasidir.
Bayden safardan va transport vositasining ishlashidan mamnun ekanini bildirgan. U elektromobil tezkor ekanligini va uni o‘zi uchun sotib olishini qo‘shimcha qildi.