AQSh prezidenti Jo Bayden “Milton” va “Xelen” dovullaridan jabr ko‘rgan shtatlarga 612 million dollar ajratilishini aytdi. Bu haqda Bayden Floridaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“Birinchi kunlarda 2 milliondan ortiq aholiga elektr ta’minoti tiklandi. 43 shtat va Kanadadagi o‘n minglab elektr kompaniyasi xodimlarining uzluksiz ishlashi tufayli yaqin kunlarda yanada ko‘proq odamlar elektr energiyasiga ega bo‘lishadi. Bugun men “Xelen” va “Milton” dovullaridan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish uchun 612 million dollar ajratilganini faxr bilan e’lon qilaman”, – dedi Bayden.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar jabrlangan hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashni tiklash, shuningdek, viloyat energetika tizimini yaxshilash va tabiiy ofatlarga chidamli bo‘lishga yo‘naltiriladi. Baydendan so‘ng so‘zlagan Energetika vaziri Jennifer Grenholm shtatdagi shikastlangan elektr tarmog‘ining taxminan 75 foizi tiklangani va barcha ishlar 15 oktyabr oqshomiga qadar yakunlanishi rejalashtirilganini aytdi.