AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z samolyotidan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga qo‘ng‘iroq qilib, uni Hamas harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarning yo‘q qilingani bilan tabrikladi.
Bu haqda Isroil vazirlar mahkamasi rahbari idorasi ma’lum qilgan.
"AQSh prezidenti SAXALni a’lo darajada operasiya qilgani uchun yuqori baholadi", — deyiladi bayonotda.
Netanyaxu va Bayden "G‘azo sektorida radikallar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishni tezlashtirish imkoniyati borligiga kelishib oldilar" va "bu maqsadga erishish uchun birgalikda ishlashga" kelishib oldilar, deya qo‘shimcha qildi bosh vazirlik idorasi.