Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Bayden ma’muriyati 9 yanvar kuni Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketi ajratish haqida e’lon qiladi

Bayden ma’muriyati 9 yanvar kuni Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketi ajratish haqida e’lon qiladi

Bayden ma’muriyati 9 yanvar kuni Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketi ajratish haqida e’lon qiladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Agentlikning ikki manbaga asoslanib xabar berishicha, mazkur yordam paketi "sezilarli darajada katta" bo‘lsa-da, AQSh Kongressi Ukrainaga ajratishni ma’qullagan 4 milliard dollar mablag‘ning hammasini o‘z ichiga olishi ehtimoldan yiroq.

Bayden ma’muriyati so‘nggi haftalarda Ukrainaga harbiy yordam jo‘natishni tezlashtirdi. Chunki Donald Tramp Oq uyga qaytgach, Kongress ajratgan, biroq hali sarflanmagan mablag‘larni Kiyevga o‘tkazishni rad etishi mumkinligidan xavotirlar mavjud.

Kiritildi: 09:04 08.01.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!