AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan so‘ng AQSh saylov tizimiga ishonch bildirdi va yangi davlat rahbariga vakolatlarni tinch yo‘l bilan o‘tkazishga va’da berdi. Uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters .
Amerika yetakchisi AQSh fuqarolarining ovoz berish jarayonida qilgan tanlovini hurmat qilishini ta’kidladi.
«Men uni Trampni ishontirib aytdimki, men butun ma’muriyatimni hokimiyatni tinch va tartibli o‘tish uchun uning jamoasi bilan ishlashga yo‘naltiraman», dedi Bayden va Amerika xalqi bunga loyiq ekanini qo‘shimcha qildi.
U saylovda yutqazgan demokrat nomzod Kamalla Xarrisga o‘z kampaniyasi bilan «faxrlanishi» kerakligini aytdi.