Tataristonda istiqomat qiluvchi ayol bir yilda uch farzandni dunyoga keltirdi, deb yozdi "Chelninskiye Izvestiya".
"O‘tgan yakshanba, 20 dekabr, tungi soat 2:45da Kama bolalar tibbiyot markazining akusher-ginekologlari ayolning 2020 yilda dunyoga keltirgan uchinchi farzandini qabul qilishdi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bolaning vazni 3590 gramm, bo‘yi esa 53 santimetr bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 11 oy oldin oilada egizaklar tug‘ilgan.
Shifokorlar ta’kidlashlaricha, ayol bir yil ichida ko‘p bolali onaga aylangan.