O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi.
“Hech shubhasiz, ikki tomonlama aloqalarimiz barcha yo‘nalishlarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mintaqaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini namoyon etayotgan Markaziy Osiyoning har qachongidan ham ko‘proq namuna bo‘layotganini ta’kidladik. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzoladik”, dedi Saidov.