Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Baxtiyor Rahmonov Toshkentda "svet" va gaz muammosini bir haftada bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi

A A A
Baxtiyor Rahmonov Toshkentda "svet" va gaz muammosini bir haftada bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi

Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar mas’ullari ishtirok etgan majlisda joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.

"Prezidentimiz tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratildi. Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:59 16.01.2023. O'qildi: 4419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!