Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Bavariyada ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab odamlar jabrlandi

Bavariyada ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida o‘nlab odamlar jabrlandi

Germaniya janubidagi Regensburg (Bavariya) shahrida ikki oddiy avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 50 ga yaqin kishi jabrlandi.

Bu haqda DPA agentligi mahalliy polisiyaga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan besh nafari hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari olgan. Ikki avtobus birin-ketin Dunay ko‘prigi orqali shaharga ketayotgan bo‘lgan, soat 17:19 da to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Voqea joyida ko‘plab qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va polisiya xodimlari ishlamoqda. Qutqaruv vertolyoti safarbar etilgan.

Hodisaning aniq sabablari hozircha aniqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!