Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Bavariya» UYEFA reytingida «Real»ni taxtdan tushirdi

«Bavariya» UYEFA reytingida «Real»ni taxtdan tushirdi

«Bavariya» UYEFA klublar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Reytingning bugungi yangilanishidan so‘ng Myunxen klubi «Real»ni ortda qoldirib, peshqadamga aylandi. Bu «Bavariya»ning Chempionlar ligasi 1/4 finalida Madrid klubi ustidan qozongan g‘alabasidan (2:1, 4:3) so‘ng yuz berdi.

Qayd etish lozimki, «Bavariya» ham so‘nggi besh yillik yevrokuboklardagi natijalarni hisobga oluvchi an’anaviy UYEFA reytingida, ham 10 mavsumlik reytingda peshqadamlik qilmoqda.

So‘nggi 5 mavsum uchun UYEFA klublar reytingining Top-10 taligi:

  1. «Bavariya» – 146,500

  2. «Real» – 144,500

  3. «Liverpul» – 130,000

  4. «Inter» – 127,000

  5. «PSJ» – 126,500

  6. «Manchester Siti» – 125,500

  7. «Arsenal» – 113,500

  8. «Barselona» – 113,250

  9. «Bayer» – 105,000

  10. «Atletiko» – 103,750

Kiritildi: 23:49 17.04.2026. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!