Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi(mi)?

Bashar Asad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi(mi)?

Bashar Asad harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi

Damashq sudi Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni mamlakatdagi fuqarolar urushi davrida harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, sirtdan o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Suriyaning SANA agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Bashar Asadning amakivachchasi, Dar’a viloyatidagi norozilik namoyishlarini bostirishga rahbarlik qilganlikda ayblangan Suriya armiyasining sobiq brigada generali Atif Najib ham o‘lim jazosiga hukm etildi. U 2025 yil yanvar oyida hibsga olingan va sud uning ishtirokida o‘tkazilgan.

Suriya sobiq prezidentining ukasi Mohir Asad ham qasddan odam o‘ldirish va qiynoqqa solishda ayblanib sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Bundan tashqari, Asadning yana yetti nafar safdoshi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Ular ham sobiq prezidentning o‘zi kabi sirtdan sudlangan. Bu shaxslar qasddan odam o‘ldirish hamda o‘limga olib kelgan qiynoqlarni qo‘llashda aybdor deb topilgan.

Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelgan Bashar Asad 2024 yil dekabrida hokimiyatdan ag‘darilgandi. Bashar Asad oilasi va ukasi Mohir bilan birga Rossiyaga qochib ketgan. The Guardian nashrining yozishicha, Asadlar oilasi Moskvada hashamatli hayot kechirmoqda, biroq uning o‘zi yakkalab qo‘yilgan. Kreml unga Suriya yoki Rossiya elitasi bilan aloqa qilishga ruxsat bermayapti.

Kiritildi: 22:05 11.08.2026. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!