Bashar Asadning sobiq matbuot kotibi Kamol Sakrning aytishicha, Suriyaning sobiq rahbari kuchini yo‘qotishidan biroz oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanishga bir necha bor urinib ko‘rgan.
Sakrning so‘zlariga ko‘ra, Asad 4 va 5 dekabr kunlari Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, biroq muvaffaqiyatga erishmagan. Keyin u Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentevga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Belarusga amaliy tashrifi tufayli javob bera olmagan.
2024 yil 8 dekabrda hukumatga qarshi “Hayat Tahrir ash-Sham” terrorchilik guruhi Suriyada hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Bashar Asad Rossiyaga qochib ketdi.