Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Bashar Al-Asad turk tomoni bilan muzokaralardan bosh tortdi

Bashar Al-Asad turk tomoni bilan muzokaralardan bosh tortdi

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assad Turkiya vakillari bilan muzokara o‘tkazishdan bosh tortdi, garchi Anqara uchrashuv tashkil etishga urinishsa ham.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan "Al Arabiya"ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Anqara Asaddan ko‘p marta uchinchi tomonlar, jumladan Iroqni vositachi sifatida jalb qilgan holda muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan.

Fidan Suriyaga kelishga urinishlar bo‘lganini, shaxsan o‘zi Damashqqa murojaat qilganini, ammo Asad barcha takliflarni rad etganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 27 noyabr kuni muxolifat qurolli guruhlari a’zolari Aleppo va Idlib viloyatlaridagi hukumat kuchlari pozisiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirgan edi. 7 dekabr oqshomida isyonchilar bir qancha yirik shaharlarni – Aleppo, Xama, Dayr-az-Zor, Dera va Xomsni egallab olishdi. Yakshanba kuni ertalab ular Damashqqa kirishdi, shundan so‘ng Suriya armiyasi bo‘linmalari shaharni tark etdi.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad shu kuni mamlakatni tark etdi. Bir qancha vaqt davomida uning samolyotini ochiq manbalar orqali kuzatib bo‘lmadi; biroq, keyinroq Rossiyaning TASS agentligi Kremldagi manbaga tayanib, u va uning oila a’zolari Moskvaga kelgani, Rossiya Federasiyasi ularga boshpana bergani haqida xabar berdi.

8 dekabr kuni Suriya muvaqqat hukumati rahbari Abdurahmon Mustafo TRT Haber telekanali orqali o‘tish davri hukumatlari tuzilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 08:56. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!