Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Barselona" yozda juda katta pul sarf qilmoqchi

"Barselona" yozda juda katta pul sarf qilmoqchi

Ispaniyaning “Barselona” klubi ushbu transferlar oynasi vaqtida yirik xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Marca nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar uchun jami 200 mln yevro atrofida mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” bu pulni Amerikaning Sixth Street sarmoyaviy kompaniyasiga televizion huquqlarning 10 foizini sotish orqali ishlab topmoqchi. Ular bu bo‘yicha 207,5 mln yevrolik kelishuvga erishgan.

Bundan tashqari, "Barselona" yaqin orada boshqa bir kompaniyaga televizion huquqlarining 15 foizini sotish orqali 400 mln yevroga yaqin pul ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 17:07 02.07.2022. O'qildi: 4248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!