"Barselona" rahbariyati erkin agentlarga e’tibor qaratmoqda.
"El Nacional"ga ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar "Bayer" himoyachisi Jonatan Tani erkin agent sifatida qo‘lga kiritgach, yozda jamoalari bilan shartnomasi tugaydigan futbolchilar bozorida yanada faol bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Barselona"ning short-listidan hozirda Son Xyon Min ("Tottenxem"), Joshua Kimmix va Leroy Sane (ikkalasi – "Bavariya") o‘rin olgan.