«Sporting» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim katta ehtimol bilan yozda «Barselona» ustoziga aylanadi.
"The Independent" tarqatgan xabarga ko‘ra, Xavi iste’foga chiqqach, aynan Amorim «Barsa»da ish boshlaydi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishishga yaqin turishibdi.
Ma’lumot o‘rnida. Ushbu mutaxassisga «Liverpul» va «Bavariya» klublari tomonidan ham qiziqish bor.