Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

«Barselona» yangi hujumchi transferini hal qildi

«Barselona» yangi hujumchi transferini hal qildi

«Barselona» «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik forvardning to‘liq transferi uchun 10 million yevro va qo‘shimcha bonuslar oladi.

«Arsenal» Jezusga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat bergan. Ko‘rik dushanba kuniga belgilangan.

Shundan so‘ng futbolchining «Barselona»ga o‘tishi rasman yakunlanishi kutilmoqda.

Gabriel Jezus o‘tgan mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:33 30.08.2026. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!