Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Barselona"ning yangi transferi klubda qaysi raqamda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

"Barselona"ning yangi transferi klubda qaysi raqamda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" kecha Dani Olmo transferini e’lon qildi.

Yarim himoyachi "Barselona" klubida 20-raqamda harakat qiladi. Bu raqam jamoaning ancha yillik futbolchisi Serji Roberto ketganidan so‘ng bo‘shab qolgandi.

Bundan tashqari 20-raqamda "Barsa" sport direktori Deku o‘z vaqtida to‘p tepgan.

Futbolchi bu raqamda o‘ynashi Olmoning taqdimot marosimida ma’lum bo‘ldi. Klub futbolchining do‘stlari va yaqinlariga aynan shu raqamdagi futbolkalarni sovg‘a qilgani ko‘ringan.

Ma’lumot uchun, "Barselona" Dani Olmoni "Leypsig" klubidan 55+7 mln yevroga sotib oldi.

Kiritildi: 10:40 10.08.2024. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!