Ferran Torres jarohati tufayli 3 haftaga yaqin maydonga tusha olmaydi.
«Barselona» hujumchisi La Liga 18-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (1:2) qarshi bahsni mushaklaridagi muammo bilan yakunladi. U ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgandi.
Kataloniya klubi futbolchini ko‘rikdan o‘tkazdi va unda yengil jarohat aniqlandi.
AS xabariga ko‘ra, 24 yoshli ispan taxminan 3 haftani o‘tkazib yuboradi.
Ferran Torres bu mavsumda La Liganing 13 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.