Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Barselona" ayollari "Real"ni tor-mor etdi

"Barselona" ayollari "Real"ni tor-mor etdi

Kecha, 1 oktyabr kuni Ispaniya ayollar Superligasining 4-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Barselona” "Real"ni 7:0 hisobida mag‘lub etdi.

Hisobni 22-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Karolin Xansen ochdi. 59-daqiqada Marion Kaldentey hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Keyin braziliyalik futbolchi Geise jamoasining uchinchi golini urdi. 65-daqiqada Marion Kaldentey ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi. 68-daqiqada Geise ham dubl amalga oshirdi. 77-daqiqada Ana-Mariya Srnogorchevich tennisga hisobini yuzaga keltirdi va oradan roppa-rosa bir daqiqa o‘tib o‘yinda dubl qayd etdi va uchrashuvning yakuniy natijasini o‘rnatdi - 7:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Barselona” uch o‘yindan so‘ng to‘qqiz ochko jamg‘arib, chempionatda ishonchli peshqadamlik qilmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" tomonidan kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar statistikasi - 13:1.

Kiritildi: 10:25 02.10.2022. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!