2025/2026 yilgi ayollar Chempionlar ligasi final bahsi yakunlandi. Unda Ispaniyaning «Barselona» hamda Fransiyaning «Lion» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv "Ullevol" stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin kataloniyaliklarining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchinchi bo‘limda «ko‘k-anorranglilar» safidagi polshalik hujumchi Eva Payor 55-daqiqada hisobni ochdi. 69-daqiqada esa u dubl muallifiga aylandi.
90-daqiqada Salma Paralyuelo hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvning 90+3-daqiqasida u o‘zining ikkinchi golini kiritdi.
Musobaqaning avvalgi bosqichlarida «Barselona» umumiy 12:2 hisobida «Real Madrid»ni hamda «Bavariya»ni (5:3) mag‘lub etgan edi.
«Lion» esa finalgacha Germaniyaning «Volfsburg» jamoasi (4:1) va Londonning «Arsenal» klubi (4:3)dan ustun kelgandi.
O‘tgan yilgi final 2025 yil 24 may kuni Lissabonda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Londonning «Arsenal» jamoasi «Barselona»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Yagona golga ikkinchi bo‘limning 74-daqiqasida Stina Blakstenius mualliflik qilgan edi.