"Seul" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini gollarga boy tarzda o‘tdi. Tomoshabinlar o‘yin davomida naqd 10 ta gol ko‘rishdi. Ularning aksariyatini, ya’ni yettitasini kataloniyaliklar kiritishdi.
Umumiy hisobda "Barselona" 7:3 hisobida g‘alaba qozondi. Lamin Yamal va Ferran Torres dubl qayd etishdi. Yana bir golga Robert Levandovski, Andreas Kristensen va Gavi mualliflik qildi.
"Barselona" yangi mavsumning ilk rasmiy o‘yinini 16 avgust, shanba kuni o‘tkazadi. Shu kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga ilk turida safarda "Malyorka"ga qarshi bahs olib boradi.