Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Barsa" FIFAdan 6,3 million yevro oladi

"Barsa" FIFAdan 6,3 million yevro oladi

"Barselona" FIFAdan katta miqdorda tovon puli olishga haqli.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 20 oktyabr kuni kutilmagan voqea sodir bo‘lmasa, Gavi "Sevilya"ga qarshi o‘yinda "blaugrana"ning tarkibiga kiritiladi. Shu paytgacha uning Ispaniya terma jamoasida jarohat olganiga 335 kun bo‘ladi.

Xalqaro futbol federasiyasi kataloniyaliklarga 6 328 784 million yevro o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Hisoblash 2023 yil 16 dekabrdan boshlanadi (jarohatdan keyingi dastlabki 28 kun kompensasiya dasturi maqsadlari uchun hisobga olinmaydi) va shu kundan boshlab har bir kun uchun "Barselona" 20 548 yevro oladi.

Ispaniya klubi o‘tgan mavsumda allaqachon 4 643 848 yevro olgan. Joriy mavsumda u Gavi uchun yana 1 684 936 yevro oladi, sharti futbolchi "Sevilya" bilan o‘yinda qatnashsa. Yarim himoyachining qaytishi kechiksa, summa oshadi. FIFA maksimal 7,5 million yevro tovon to‘lashi mumkin.

Kiritildi: 10:28 12.10.2024. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!