«Strasburg»ning qanot hujumchisi, hozirda ijara asosida Saudiya Arabistonining «Neom SK» klubida to‘p surayotgan Rayan Messi faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli Messining xizmatlariga «Barselona», «Bavariya» va «PSJ» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, ushbu xabarlar fonida «Strasburg» bilan bir xil xo‘jayinga ega bo‘lgan «Chelsi» fransuz futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish rejalarini tezlashtirishi mumkin. «Ko‘klar» Messini o‘zlarining kelajakdagi loyihalarining ajralmas qismi deb hisoblashadi va uni qo‘yib yuborishni istashmayapti.
Joriy mavsumda Messi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Vinegrning «Strasburg» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.