Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Banklarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablar belgilandi

 Banklarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablar belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3669-son, 18.08.2025 y.).

🏛 Nizomga ko‘ra, banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.

✅ Xizmat bankning axborot aktivlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgarishi, bank yoki uning mijoziga zarar yetkazish holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.

📝 Bank axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.

✔️ Bundan tashqari, banklar ma’lumotlar bazasi sozlanishlarida xatoliklarni oldini olishi va tajovuzkorning quyidagi harakatlarini cheklashlari kerak, jumladan:

▪️ ma’lumotlar bazasiga kirish;
▪️ administrator va foydalanuvchilar parollarini bilib olish;
▪️ ma’lumotlar bazasining tizim fayllariga kirish;
▪️ zararli dasturlar o‘rnatish;
▪️ ma’lumotlar bazasi va serverga masofadan hujum qilish.

📙 Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari Xizmat tomonidan tahlil qilib boriladi va tashqi hujumlar aniqlanganda zudlik bilan Markaziy bankka xabar beriladi.

Kiritildi: 15:22 19.08.2025. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!