“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizasiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.